Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

17.4.2024 52

Gaz-svet tariflari qimmatlagani bois ayrim shaxslarga kompensatsiya to'lab beriladi

1 millionga yaqin eng kam pensiya va nafaqa oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorda qayta hisoblanadi.

16.4.2024 51

Mahalla lideri hududida o‘ziga xos tarix yozmoqda

Sarvarbek har tong ishga kirishar ekan “Bugun tarix yozishim kerak” deya o‘z oldiga maqsad qo‘yadi.

16.4.2024 59

Endi ko‘p ishlatganlar ko‘p to‘laydi: yangi energetika ta'riflari belgilandi

oriy yilning 1-mayidan boshlab, elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlariga kiruvchi qismiga oʻzgarishsiz – 1 kVt·soat uchun 1000 soʻm hamda 900 soʻmdan qolmoqda.

16.4.2024 54

60 ming gektar yer + 100 million kredit

Qarorga ko‘ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi.

16.4.2024 48

O‘zbekistonda mobil internet narxi qimmatmi yoki arzon?

Reytingga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 10 Gb dan ortiq ma’lumotlarga ega mobil telefon rejasining o‘rtacha narxi 24,20 dollarni tashkil etadi, odamlar bunga o‘z maoshlarining 4,1 foizini sarflaydi.

15.4.2024 64

Migrantlarni yurtimizga qaytaryapmiz

U Ukraina davlatiga ishlash uchun borgan, lekin u yerda firibgarlar tuzog‘iga tushib, og‘ir vaziyatda qolgan edi.

15.4.2024 55

Nega bahor oftobidan saqlanish kerak?

Bahor oftobi tanamiz uchun qanchalik yoqimli va huzurbaxsh tuyulmasin, mutaxassislar bu mavsumda quyosh tig‘i ostida uzoq qolmaslikni tavsiya etadi. Ayniqsa, allergiyaga moyil kishilar ushbu faslda yanada ehtiyotkor bo‘lishlari lozim. Nega? Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova bunga quyidagicha izoh berdi. — Bahorda quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi oshishi kuzatiladi, — deydi mutaxassis. — Nurlanish qoq tush payti maksimal darajaga yaqinlashib, to 16:00 gacha yuqori faolligini saqlab turadi. Xo‘sh, buning nimasi xavfli, deyishingiz mumkin. Gap shundaki, xuddi shunday sharoitda terining quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida fotodermatoz kasalligi yuzaga keladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozir bu xastalik dunyo aholisining taxminan 20 foizida uchraydi. Aslida, quyosh nurining o‘zi allergen hisoblanmaydi. Biroq ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan o‘zaro ta’sirga kirishganda, allergik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Oqibatda bo‘yin, qo‘l sohalari va ko‘krakning yuqori qismida pufakcha, qavariq, qizil dog‘, kuyish ko‘rinishidagi turli toshmalar yuzaga keladi. Ba’zan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar ham kuzatiladi. Toshmalar oftob ta’sir qila boshlagan ilk soatlardan to hafta davomigacha hosil bo‘ladi. Ko‘pincha fotodermatoz belgilari muolajalardan so‘ng yo‘qolib ketadi. Ammo bu holat insonni umr bo‘yi ta’qib qilishi ehtimoli ham mavjud. Ayni sababdan bahorning oftobli kunlarida soat 11:00dan 16:00gacha quyosh nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik, agar zarurat tug‘ilsa, bosh kiyim kiyish yoki soyabon tutish, ko‘zoynak taqish va imkon qadar yopiq liboslar kiyishni tavsiya etamiz. Sezuvchan teri uchun mo‘ljallangan quyosh nuriga qarshi kremlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Lekin ba’zi dorilar fotodermatozni keltirib chiqarishi yoki xastalikni kuchaytirishini unutmaslik kerak. Shu bois preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur. Atopik dermatitni davolashda qo‘llaniladigan Elidel yoki Protopik surtmalaridan foydalanayotgan bemorlarga quyoshda yurish taqiqlanadi. Yoki bu vositalarni tushdan so‘ng oqshomga qadar ishlatgan ma’qul. Shuningdek, Eritromisin, Tetrasiklin va Streptomisin kabi dorilar ultrafinafsha nurlarini kuchli tortib olish xususiyatiga ega. Ushbu malhamlarni qabul qilgan yoki yuz sohalariga surtgan bemorlar issiq kunlarda kunduzi ko‘chaga chiqishlari mumkin emas.

15.4.2024 79

12 yoshda IELTS 7 ball

Biz 16-17 yoshli maktab o‘quvchilarining IELTSdan 7-8 ball olgani haqida ko‘p eshitamiz. Ular 3-4 yillik o‘rganish va mehnat orqasidan shu natijaga erishgani maqtovga loyiq. Ammo 12 yoshli qizning bunday yuqori natijaga erishishi hayratlanarli, u nafaqat o‘z tengqurlari, balki o‘zidan 5-10 yosh kattalarga ham o‘rnak bo‘ladi. Saidaxon Hamroyeva poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 30-maktabning 6-sinf o‘quvchisi. 1-sinfdan ingliz tiliga mehr qo‘ygan. Bu fanni sevib o‘rganishiga onasi Dilnavoz Murodova yaqindan ko‘maklashgan. — Onajonim mening birinchi o‘qituvchim, – deydi Saidaxon. — Chunki o‘zlari ham ingliz tilidan dars beradi. Farzandlarning katta yutuqlarga erishishida ota-onaning o‘rni beqiyos. Qahramonimiz ham onasidan olgan saboqlariga asoslanib, o‘z ustida mustaqil shug‘ullangan. Bola boshidan deganlaridek, 9-10 yoshli qizcha uchun tilni mustaqil o‘rganishga harakat qilishi e’tirof etishga arzigulik holat. Aytishicha, onasi bergan vazifalarni o‘zi mustaqil bajarib, o‘zi tekshirib o‘rgangan. Keyinchalik, IELTSga tayyorlanishni boshlab, asosan “Complete IELTS” kitobidan foydalangan. Imkoniyatlardan foydalana olish muvaffaqiyat eshiklarini ochadi. Saidaxon ham shunday imkoniyatlarning biridan foydalanganligini aytdi. Registon o‘quv markazining Oliygoh.uz jamoasi bilan hamkorlikda “Ta’lim Granti” tanlovini e’lon qilgani u uchun ayni muddao bo‘lgan. Natijada shu o‘quv markazida 4 oy grant asosida o‘qib, IELTSdan 7 balni qo‘lga kiritgan. – Mustaqil o‘qigan paytlarim kuniga 2-3 soat shug‘ullangan bo‘lsam, 4 oy qattiqroq tayyorlanishga to‘g‘ri keldi va kamida 3-4 soat ingliz tili bilan shug‘ullandim. Natijasi ota-onam va o‘qituvchilarimni ham juda quvontirdi, – deydi ko‘zlari yonib turgan Saidaxon. – Ingliz tilidan tashqari, biologiya va matematikaga qiziqaman. Kelajakda shifokor bo‘lmoqchiman. Saidaxondek zukko yoshlar uchun bir qator imkoniyatlar yaratilgan, albatta. 2024-yilda chet tilini bilish bo‘yicha xalqaro imtihondan yuqori ball olganlarga nafaqat imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab berilishi belgilangan. Hozir Saidaxon ushbu umkoniyatdan foydalanish uchun ariza topshirgan va tez orada Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mablag‘lar to‘lab beriladi.

Batafsil

VIDEOROLIKLAR

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish