Yurtimizda o’sib kelayotgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning bilim olishida sharoit yaratib berish har bir pedagogning vazifasi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 23-sonli umumta’lim maktabida ham sog’lomlashtirish va o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yulduzcha” nomli sog’lomlashtirish maydonchasi o’z ishini boshladi.

Maydoncha joriy yilning 14-iyun sanasidan bolalarni o’z bag’riga oldi.

U yerda barcha sharoitlar karantin qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilgan bo’lib, bolajonlarimizni dam olishlari va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun Muhtaram Prezidentimizning 5 muhim tashabbuslarining barcha yo’nalishlari faoliyat ko’rsatmoqda.

Maydonchada o’quvchilarga mashg’ulotlarni malakali va tajribali ustozlar olib bormoqda.

23-maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Dilnoza Axmedova

134 thoughts on ““Yulduzcha” dagi ertamiz egalari”

Comments are closed.