O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografi ya agentligi hamda Badiiy akademiya mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” respublika tanlovini e’lon qiladi.O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografi ya agentligi hamda Badiiy akademiya mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlar-materiallar qabul qilinadi.
“ENG ULUG‘, ENG AZIZ” TANLOVI QUYIDAGI NOMINATSIYALAR BO‘YICHA O‘TKAZILADI:
– yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
– bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
– internet-jurnalistika;
– tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari;
– kino san’ati asarlari.
TANLOVGA TAQDIM ETILGAN IJODIY ISHLARGA QUYIDAGI HUJJATLAR ILOVA QILINISHI LOZIM:
– muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot (obyektivka); – muallifning pasport nusxasi;
– ish joyidan tavsiyanoma;
– muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.
Tanlovga 2020-yilning 1-avgustidan 2021-yilning 1-avgustigacha bo‘lgan davrda e’lon qilingan materiallar – asarlar joriy yilning 1-avgustigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.
IJODIY ISHLAR “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” TANLOVIGA DEB KO‘RSATILGAN HOLDA O‘Z IJODIY YO‘NALISHLARI BO‘YICHA QUYIDAGI MANZILGA YUBORILISHI LOZIM:
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, 100011. Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Tel.: 71-244-64-61. O‘zbekiston “Tasviriy oyina” uyushmasi, 100011. Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. Tel.: 71-244-11-64. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, 100066, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni. Tel.: 71-231-83-49. O‘zbekiston Respublikasi Kinematografi ya agentligi, 100115, Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi 1-“A” uy. Tel.: 71-277-81-49.