Jazirama issiqda soya-salqin maskanda dam olishga nima yetsin! Tog‘ yonbag‘rida joylashgan “Alpomish” b olalar yozgi dam olish oromgohi yoz faslida miriqib dam oladigan maskanlardan biri.
Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maskan 220 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bolalarning yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishi uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.
– Belgilangan me’yorlar asosida oromgohda bolajonlar uchun sharoitlar yaratilgan, – deydi oromgoh rahbari Samandar Abdumo‘minov. – Bolajonlar tegishli tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan holda oromgohga qabul qilinmoqda. Oromgohda ham shahar tibbiyot birlashmasidan mas’ul tibbiy xodimlar biriktirilgan holda bolajonlar doimiy nazorat qilib borilmoqda. Shu kunga qadar 400 nafardan ortiq samarqandlik bolajonlar yozgi ta’tilni maroq bilan o‘tkazdi.
O‘zA fotomuxbiri Alisher ISROILOV olgan suratlar