Tokioda bo‘lib o‘tayotgan XXXII o‘tayotgan XXXII yozgi Olimpiyozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan 71 nafar sportchi 17 sport turi bo‘yicha qatnashmoqda.
25­iyul kuni 19 yoshli hamyurtimiz Ulug‘bek Rashidov taekvondo bo‘yicha (­68 kg) barcha raqiblaridan ustun kelib, terma jamoaga dastlabki oltin medalni keltirdi. U finalda buyuk britaniyalik Bredli Sindenni 34:29 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqa vakillarimiz uchun qator muhim statistikalarga boy bo‘lmoqda. Jumladan, Olimpiadaning ikkinchi kunida bokschimiz Tursunoy Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan ilk o‘zbekistonlik bokschi qiz sifatida tarixga kirdi.
Afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina Tokioda professional sportdagi faoliyatiga yakun yasadi. Hamyurtimizni butun dunyo sport jamoatchiligi olqishlar ostida kuzatib qo‘ydi. Shu bilan birga,
Oksana Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining sportchilar komissiyasiga a’zolikka saylandi. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish mashqida Olimpiada rekordini o‘rnatdi.

Lobar QODIROVA