ABITURIYENTLAR SINOVGA SHAY
Abituriyentlik davrimda ustozim bir gapni takrorlardi: “Kim abituriyentlikda bor kuchi bilan harakat qilgan bo‘lsa, avgustda hosilini yig‘adi”. Darhaqiqat, avgust abituriyentlar uchun hayajonga to‘la, go‘yoki, hayot-mamot masalasi hal bo‘ladigan lahzalardir. Abituriyentlikdagi uyqusiz tunlarga avgust oyidagi imtihonlar barham beradi. O‘tgan yil pandemiya sabab imtihonlar sentabr oyida o‘tkazilgan bo‘lsa, bu yil odatdagi tartibda, ya’ni avgust oyida o‘tkazilmoqda. Ayni kunlarda Davlat test markazi tomonidan Abituriyent ruxsatnomalarini “online” berish yo‘lga qo‘yilgan. Abituriyentlar my.dtm.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetdan o‘z ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin. Ruxsatnomada abituriyentning test topshiradigan joyi va sanasi yozilgan bo‘ladi. Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar sinovlarda ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirdi. Ammo ma’lum sababga ko‘ra to‘lovni qabulning oxirgi kuni, ya’ni 22-iyulgacha to‘lay olmagan abituriyentlar test sinovida ishtirok eta olmaydi.
BU YIL QANDAY YANGILIKLAR BOR?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 13-iyuldagi farmoniga ko‘ra, “Temir daftar”dagi oilalarning farzandlari kontraktga o‘qishga kirsa, 1-kursda kontrakt to‘lamasligi belgilab qo‘yildi. Ularning kontrakt summalari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Bundan tashqari, 5 yil stajga ega bo‘lgan xodimlarda tavsiyanoma asosida sirtqi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra xodim sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil stajga ega bo‘lishi kerak. Ular test sinovisiz tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinadi. Bir tashkilot 100 tagacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkin. Agar xodim suhbatdan o‘tib, o‘qishga qabul qilinsa, kontrakt summasi ishlayotgan tashkiloti tomonidan to‘lab beriladi. Sport musobaqalari go‘liblariga istisno tariqasida imtiyoz belgilandi. Ya’ni sport turlari hamda paralimpia sport turlari bo‘yicha Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikni hisobga olgan holda, 3 ta majburiy fan, ona tili va boshqa tillar, matematika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan ozod etilib, maksimal ball beriladi. Ular umumiy tanlovdan tashqari alohida kvota bilan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Talabalikka qabul q ilish uchun minimal o‘tish bali Davlat komissiyasining qaroriga muvofi q belgilanadi. 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining bo‘limlari bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti: Majburiy fanlar:
1. Ona tili
– Orfografi ya va punktuatsiya – 40%
– Leksikologiya, uslubiyat – 40%
– Grammatika – 20%
2. Ona tili (rus)
– Fonetika – 10%
– Leksika – 10%
– Grammatika – 40%
– Orfografiya – 40%
3. Ona tili(qoraqalpoq)
– Fonetka – 10%
– Leksika – 20%
– Grammatika – 40%
– Orfografiya – 30%
4. Matematika
– Sonlar va ular ustida amallar – 40%
– Foiz, proporsiya va tenglama – 30%
– Geometriya – 30%
5. O‘zbekiston tarixi
– Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi – 35-45%
– XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr – 35-45%
– Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi – 20-25%
Mutaxassislik fanlari:
1. Ona tili va adabiyot (o‘zbek, rus va qoraqalpoq)
– Ona tili – 60%
– Adabiyot – 40%
2. Matematika
– Sonlar va ular ustida amallar – 25%
– Funksiya va algebrik ifodalar – 35%
– Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%
– Geometriya – 30%
3. Tarix – Siyosiy tarix – 50-60%
– Ijtimoiy-iqtisodiy tarix – 10-20%
– Madaniy hayot – 10-15%
– Amaliy topshiriqlar – 20-25%
4. Fizika
– Mexanika – 35%
– Molekulyar fizika va termodin amika(mantiqiy, laboratoriya shlariga oid) – 25%
– Elektromagnitizm – 30%
– Atom va yadro fizikasi(Optika, nisbiylik nazariyasi) – 10%
5. Biologiya
– Botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi – 40%
– Sitologiya, genetika, seleksiya, gen va hujayra biotexnologiyasi – 30%
– Evolutsion ta’limot, ekologiya va biosfera asoslari – 30%
6. Kimyo
– Umumiy kimyo – 40%
– Noorganik kimyo – 25%
– Organik kimyo – 15%
– Yuqoridagi bo‘limlar asosida topshiriqlar – 20%
7. Geografiya
– Tabiiy geografi ya – 40%
– Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya – 40%
– Amaliy topshiriqlar – 20%
8. Chet tili(ingliz, nemis, fransuz)
– Grammatika – 45%
– O‘qib tushunish – 45%
– Leksika – 10%
Bundan tashqari, Xalqaro va milliy sertifikati bor abituriyentlar testlar blogidagi sertifikati bor fanlardan ozod etiladi, qolgan fanlardan test sinovida qatnashadi. Test kunlari yaqinlashgan sayin abituriyentlardagi hayajon yana ortadi. Xayolida esa bir xil fikr: “Testdan o‘ta olamanmi?”. Quyida ba’zi abituriyentlarning test oldi fikrlarini ham havola etamiz. Ularga “Imtihon oldidan nimani his qilyapsiz?” degan savol bilan yuzlandik. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Xitoy tillari” fakultetiga hujjat topshirgan Gulida Abduraimova: “Bu yil ikkinchi bor hujjat topshirayotganim uchun menda unchalik hayajon yo‘q. Ammo biroz qo‘rquv bor, chunki imtihondan yiqilib, bir yil repititorda o‘qidim. Ota-onam sezdirmasa-da, ularn ing qiynalganini ko‘rdim. Bu qiyinchilikni xursandchilikka aylantirish uchun ham o‘qishga kirishim kerak!”.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Davolash ishi” yo‘nalishiga hujjatlarini topshirgan Muslimaxon Abdullayeva: “Men ilk bor test topshiraman, balki shungami hayajon kuchli, ammo olgan bilimlarimga ishonaman. Talabalik baxtiga, albatta, erishaman!”.
Abituriyentlikdagi hayajonlar asta-sekin ortda qolib, o‘rnini talabalikning baxtli lahzalari egallasin. Barcha bilimli abituriyentlarga omad tilab qolamiz!

Mashhura NASRIDDINOVA