Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashlarining navbatdagi sessiya. 2021 yil ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari va 2022 yilgi istiqbolli rejalariga bagʻishlangan sessiyada hokim murojaati tinglandi.
Tumani hokimi Shavkat Darvishev murojaatida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga atroflicha toʻxtalib oʻtdi.
Hisobot yilida tumanda sanoat ishlab chiqarish 110.9 foizga, eksport hajmi 141.6 foizga, xizmat koʻrsatish hajmi 120 foizga oʻsgani, 1,3 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etilgani taʼkidlandi.
Taʼkidlandiki, joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarni rivojlantirish, xususan, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obʼektlari qurilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilishda 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilab olingan ustuvor vazifalarga ham alohida toʻxtalindi. “Mahallabay” ishlash tizimini rivojlantirish hisobidan joylarda aholining oʻzini-oʻzi ish bilan taʼminlash masalalarini rivojlantirish, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va”Ayollar daftar”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal qilish borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilgan. “Temir daftar”ga kiritilgan 623 nafar oilalarga 1 milliard 50 million soʻmdan ortiq moddiy yordamlar koʻrsatilib, 411 ta oilaning 1 571 nafar aʼzolari “Temir daftar” roʻyxatidan chiqarildi.
Shuningdek, kommunikatsiya, yoʻl qurilishi, kam taʼminlagan oilalar turmush sharoitini yaxshilash, joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Har bir oila – tadbirkor” tamoyili asosida ishlab chiqarish va oilaviy biznesni yoʻlga qoʻyish borasidagi rejalar toʻgʻrisida toʻxtalindi. Tuman iqtisodiyotini rivojlantirish “Drayveri”ning 3 ta yoʻnalishi belgilab olindi;
-tuman qishloq xoʻjalik sohasiga ixtisoslashganligi uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini qayta boʻlish, dehqon xoʻjaligi va boshqa sohalarga yer maydonlari ajratish;
-qishloq xoʻjaligida sanoatni rivojlantirish, yaʼni tumanda yetishtirilgan barcha mahsulotlarni chuqur qayta ishlash;
-xizmat koʻrsatish sohasini yanada rivojlantirish asosiy vazifa qilib belgilandi.