Toshkent shahridagi Innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparkida “Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021” doirasida “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Finalda TOP-100 talikka kirgan gʻoliblar Innovatsion oʻquv va ishlab chiqarish texnoparki “Coworking” imkoniyatlaridan 3 oy bepul foydalanish uchun vaucher, IT-park tomonidan maxsus akseleratsiya dasturiga sertifikat hamda 10 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, finalda ishtirok etgan, ammo TOP-100 talikka kira olmagan 145 ishtirokchining har biri 3 million soʻmdan pul mukofoti, “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasining maxsus diplomi va IT-park tomonidan maxsus akseleratsiya dasturiga sertifikat topshirildi.
Gʻoliblar oʻz gʻoyalarini real hayotga tatbiq etish imkonini qoʻlga kiritadi hamda ularning loyihalari “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” maxsus albomidan joy oladi.

Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati