O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakat poytaxti – Seul shahri markazida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy byusti ochildi.
Dunyoning yana bir go‘zal shahrida atoqli shoir xotirasiga tiklangan ko‘rkam yodgorlikning ochilish marosimi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va davlatimiz rahbarining mazkur mamlakatga davlat tashrifiga bag‘ishlandi.
Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Oliy Majlis deputati Viktor Pak, shuningdek, O‘zbekiston va Janubiy Koreya jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Navoiy hazratlarining yodgorligi poyiga ilk bor gulchambarlar qo‘yildi.

Nazokat USMONOVA
O‘zA muxbiri

O‘zA fotomuxbiri
Temur MAMADAMINOV olgan suratlar