Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

1- apreldan boshlab IT ta'lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi

22.2.2023 564

Bu borada 1- apreldan “Elektron hukumat”, “Biznes uchun dastur”, ta'lim yo'nalishlari bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million dollar bo'lgan respublika tanlovi boshlanadi. Hokimlarga bunday tanlovlarni viloyat va tumanlarda ko'proq o'tkazish lozimligi ko'rsatib o'tildi.

Shu bilan birga, hududlarda yoshlar yaratgan 50 ta eng yaxshi dastur Raqamlashtirish jamg'armalari hisobidan sotib olinadi.

1- apreldan boshlab IT ta'lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan:

 

- o'z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so'mgacha, nogironligi bo'lgan yoshlarga esa 35 million so'mgacha subsidiya beriladi;

 

- IT sertifikati bor yoshlarga komp`yuter xaridi uchun 7,5 million so'm miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg'armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o'tkazib beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish