Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

10 KUNLIK OROMGOHGA YO‘LLANMA

16.8.2023 2921

Muhammashukur MUHAMMADJONOV

Poytaxtimizdagi “Cyberium game club” kibersport arenasida mahalla yoshlar yetakchilari oʻrtasida “Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi kubogi” tashkil etildi. Kibersportning “CS 1.6” yoʻnalishida oʻtkazilgan musobaqada poytaxtimizning barcha hududidan kelgan 12 ta jamoa bahs olib bordi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Yashnobod tumanidan kelgan yetakchilar jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 10 kunlik oromgohga yo‘llanmani yutib olishdi. 2-o‘rin Uchtepa tumani yetakchilariga nasib etdi va yurtimizning tarixiy shaharlaridan biriga sayohat yo‘llanmasiga ega chiqdi. Yakkasaroy tumani yetakchilari jamoasi esa 3-o‘rin sohibiga aylanishdi va qimmatbaho sovgalarni ham o‘ziniki qilib olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish