Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

10 nafar yoshlar yetakchilari taqdirlandi.

14.9.2023 618

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan vazirlikka biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqotda bo'lish, ularning muammo va takliflarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilib kelinmoqda.

Mazkur loyiha doirasida O’rta Chirchiq tumanida 10 nafar yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda vazir o‘rinbosarlari Dilshod Kenjayev, Temurjon Komilov hamda Uzoqboy Begimkulovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o’tib, yoshlarning taklif va fikrlariga quloq tutildi. Muloqot davomida yoshlarga rangli printer, abob-uskunalar to‘plami va qishloq xo‘jaligi texnikalari topshirildi. Shuningdek, 10 nafar yoshlar yetakchilari vazirlik tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish