15-YANVARGA QADAR RESPUBLIKAMIZ BO‘YLAB ANOMAL SOVUQ OB-HAVO KUZATILADI
Gidrometeorologiya markazi bergan maʼlumotlarga ko‘ra, 11-yanvar kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlarida havo harorati -23 darajagacha pasayadi. Anomal sovuq kunlari ochiq havoda kamroq bo‘lish, bolalar va keksalarning ko‘chaga chiqmasligi tavsiya etiladi.
O‘zbekiston bo‘yicha eng past harorat so‘ngi marta 2008-yilning yanvar oyida kuzatilgan. O‘sha yili respublika hududida harorat -17-22 daraja, ba’zi joylarda -24-26 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va cho‘l hududlarda -30-33 darajagacha pasayishi qayd etilgan. Toshkentda esa minimal harorat – 17,4° sovuqni tashkil etgan.
1972, 1973, 1974 va 1977-yillarda respublikamizning ba’zi joylarida yanada qattiq sovuq kuzatilgan. Shimolda va cho‘l hududlarda bu yillarda harorat 33-38° sovuqqa yetgan. Toshkentda 1974-yilning yanvar oyida havo harorati 18,6° gacha pasayishi qayd etilgan.