Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

18 YOSHGA TO‘LGANDA 1 XONALI KVARTIRA AJRATILADI

25.1.2023 353

Prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi qaroriga asosan, o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va uyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali uylar ajratiladi.

Prezidentimizning “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi qaroriga asosan, o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va uyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali uylar ajratiladi.Shuningdek, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar berilishi belgilangan. Bunda mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo‘lgan bolalarga kvartiralar ko‘p qavatli uylarning 3-qavatigacha ajratiladi. Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga to‘lgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.

Ayrim shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.Ota-onasidan biri yoki har ikkisi vafot etgan hamda oilada o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan to‘rt va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish