Surxondaryo viloyatida bugungi kunga qadar yetakchilar tomonidan hududdagi 724 ta mahallada “Yoshlar balansi” asosida 14-30 yoshdagi 744 ming 356 nafar yoshlarning bandlik, ta’limga qamrab olinganlik darajasi, ijtimoiy ahvoli tahlil qilinib, 3 ta – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifaga ajratib olindi. Ular bilan manzilli ishlash boʻyicha masʼullar biriktirilib, “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.
Tahlilga koʻra yoshlarning:
304 ming nafari – yashil toifadagi – davlat va xususiy sektor hamda taʼlimda band boʻlgan yoshlar;
440 ming 356 nafari – sariq toifadagi – ishsiz, norasmiy band va vaqtincha mehnat qobiliyatiga ega boʻlmagan ijtimoiy muammolari mavjud yoshlar;
19 ming 555 nafari – qizil toifaga kiruvchi – tarbiyasi ogʻir va alohida eʼtiborga muhtoj yoshlar.
Oʻrganishlar natijasida viloyat, tuman (shahar) sektor hamda tashkilot rahbarlari bilan birgalikda “qizil” toifaga kiruvchi tarbiyasi ogʻir va alohida ishlashga muhtoj yoshlarning muammolarini manzilli oʻrganish maqsadida xonadonbay uchrashuv hamda muloqotlar tashkil etildi.
Shuningdek, viloyatimizdagi tashkilot rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari 19 555 nafar yoshlarning 19 015 (97,2 %) nafariga har xil turdagi amaliy yordamlar koʻrsatib, ularning ijtimoiy muammolari ijobiy hal etilishga koʻmaklashmoqda. Jumladan, ularning:
- 509 nafari doimiy va jamoat ishlariga joylashtirildi;
- 282 nafari kasb-hunarga oʻqitildi;
- 2 088 nafarining davolanish xarajatlari qoplab berildi;
- 199 nafariga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit mablagʻlari ajratildi;
- 7 541 nafariga dehqonchilik uchun ekin maydonlari ajratildi;
- 770 nafariga asbob-uskunalar olib berildi;
- 99 nafarining kontrakt toʻlovlari toʻlab berildi;
- 604 nafariga moddiy yordam berildi;
- 52 nafariga nogironlik reabilitatsiya texnik anjomlari olib berildi;
- 75 nafari fan va chet tillarga oʻqitildi;
- 35 nafar yoshlarning uylari taʼmirlab berildi;
- 6 761 nafariga boshqa yoʻnalishlarda amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Bundan tashqari, “Surxondaryo viloyatining yoshlar bandligini taʼminlash” dasturi doirasida jami 17 ming 693 nafar (shundan, 1-sektorda 4 643 nafar, 2-sektorda 5 237 nafar, 3-sektorda 4 605 nafar, 4-sektorda 3 208 nafar) yoshlarning bandligini taʼminlash reja qilib olingan.
Amaliy ishlar natijasida 13 ming 570 nafar (77 %) (shundan, 1-sektorda 3 628 nafar, 2-sektorda 4 208 nafar, 3-sektorda 3 352 nafar, 4-sektorda 2 382 nafar) yoshlarning bandligini taʼminlashga erishildi. Jumladan:
- 3 447 nafar yosh doimiy va jamoat ishlariga joylashtirildi.
- 2 292 nafar yosh kasb-hunarga oʻqitildi.
- 1 555 nafariga bandligini taʼminlash maqsadida 3,4 milliard soʻm subsidiyalar ajratildi.
- 1 856 nafar yoshlarning tadbirkorlik faoliyati uchun 41 milliard 600 million soʻm kredit ajratildi.
- 3 113 nafariga dehqonchilik uchun 749 gektar yer maydonlari ajratildi.
- 707 nafar yosh usta-hunarmandlarga biriktirildi.
- 600 nafar yoshlarimiz tadbirkorlik loyihalari hisobiga yangi yaratiladigan ish oʻrinlariga joylashtirildi.
Shuningdek, joriy yil davomida viloyatda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 27 ming 14 nafar yoshning 20 ming 227 nafariga amaliy yordam koʻrsatilib, ijtimoiy muammolari hal etilgan.