Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

2022-YILDA IQTIDORLI O’QUVCHILAR TOMONIDAN 33 TA MEDAL QO’LGA KIRITILDI

8.9.2022 1583

2022-yil Xalqaro fan olimpiada ishtirokchilari uchun esda qolarli yil bo’ldi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan o‘quvchilarimiz quyidagi olimpiadalardan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi va g’oliblar qatoridan joy olishdi.

6-16-iyul kunlari Norvegiyaning Oslo shahrida 63-Xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta bronza;

10-18-iyul kunlari Armanistonda 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida 1 ta bronza;

8-18-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasida 54-xalqaro kimyo olimpiadasida (ICHO) 4 ta kumush;

30-iyun — 6-iyul kunlari Indoneziya davlatida 28-Xalqaro matematika musobaqasida 2 ta bronza;

11-16-mart kunlari VII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasi 1 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza;

15-16-fevral kunlari Qozog‘istonda 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 2 ta kumush hamda 6 ta bronza;

9-16-may kunlari O'zbekistonda o‘tkazilgan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish