Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish taqiqlandi

29.5.2023 1243

Prezident imzolagan qonunga ko‘ra alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qilish

TAQIQLANDI:

— 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga va ular tomonidan;

— sotuvchining bevosita ishtirokisiz, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan, elektron tijorat shaklida;

— sayyor savdo qilish yo‘li bilan, ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida, dorixonalarda;

— bolalarga mo‘ljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;

— bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa;

— sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;

— ta’lim, sport va diniy tashkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida;

— donalab yoki ochilgan qutilarda.

❗️ Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida iste’mol qilish taqiqlanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kun (25.05.2023y.)dan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish