Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

224 MING 815 OʻQITUVCHI sport musobaqalarida ishtirok etmoqda

15.3.2023 419

Sherzod OLIMOV, Yoshlar ishlari agentligining Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Respublikamizda maktab o‘qituvchilari o‘rtasida uch bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning sektor bosqichida 224 ming 815 nafar o‘qituvchi:

– mini futbol (erkaklar);
– voleybol (ayollar);
– stol tennisi;
– shaxmat va shashka bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Olimpiadaning ikkinchi – tuman-shahar bosqichi 18-mart kunigacha davom etadi. Yakuniy bosqich 23–30-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish