Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

25 imtiyozdan xabardormisiz? 10-IMTIYOZ:

22.2.2023 421

Shohinur DAVLATJONOV, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Olimpiada, tanlov va musobaqa qatnashchilariga imtiyoz

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yoʻnalishda yordam olishi mumkin.

10-IMTIYOZ:

Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.

Kimlarga beriladi?

– oila aʼzosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ATga kiritilgan yoshlarga;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga;

–  boquvchisini yoʻqotgan, yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarga;

– I yoki II guruh nogironi boʻlgan yoshlarga;

– “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yoshlarga;

– ishsiz yoshlarga;

– jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarga.

Qancha miqdorda?

Mahalliy bosqichlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, xalqaro bosqichlar uchun 40 baravari.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish