Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

25 imtiyozdan xabardormisiz? 14-IMTIYOZ:

18.3.2023 519

Shohinur DAVLATJONOV, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Xizmatni oʻtash badali qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yoʻnalishda yordam olishi mumkin.

14-IMTIYOZ:

Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratiladi.

Kimlarga beriladi?

- “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlariga;

- “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandlariga;

- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila farzandlariga;

- “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlarga;

- oilasi kam taʼminlangan ishsiz yoshlarga.

Qancha miqdorda?

Xizmatni oʻtash badalining toʻliq miqdorida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish