Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

25 imtiyozdan xabardormisiz? 15-IMTIYOZ:

28.3.2023 432

Shohinur DAVLATJONOV, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Yosh oilalarga uy-joy qurishi uchun imtiyoz bor

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yoʻnalishda yordam olishi mumkin.

15-IMTIYOZ:

Yangi turmush qurayotgan yoshlarga oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining kafilligi beriladi.

Kimlarga beriladi?

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga.

Qancha miqdorda?

33 million so‘mgacha.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish