Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

25 imtiyozdan xabardormisiz? 2-IMTIYOZ:

11.1.2023 224

Shohinur DAVLATJONOV, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga ko‘maklashish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Tadbirkorlik va kasb-hunar oʻrganish uchun

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan yoshlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yo‘lishda yordam olishi mumkin.

2- IMTIYOZ:

Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish kurslari xarajatlari qoplab beriladi.

Kimlarga beriladi?

“Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi;

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi;

– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila farzandi;

Ishsiz yoshlarga.

Qancha miqdorda?

– mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyanomasiga ega boʻlgan yoshlarga oʻqish xarajatlarining 75 foizgacha qismi, biroq mos ravishda har bir oy uchun BHMning 4, 8, 12 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish