Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

25 imtiyozdan xabardormisiz? 4-IMTIYOZ:

18.1.2023 334

Shohinur DAVLATJONOV, Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar bandligi va tadbirkorligiga koʻmaklashish boshqarmasi bosh mutaxassisi

YOSH DEHQONLAR UCHUN SUBSIDIYA

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yoʻnilishda yordam olishi mumkin.

4-IMTIYOZ:

Dehqonchilik va tomorqa xoʻjaligini yuritayotgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi.

KIMLARGA BERILADI?

– “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari;

– “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandlari;

– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila farzandlari;

– ishsiz yoshlar;

– dehqon xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarga.

QANCHA MIQDORDA?

Bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish