Ijara xarajatlari qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga roʻyxatga olingan yoshlar bilim olishi, kasb-hunar oʻrganishi, davolanishi, doimiy ish bilan taʼminlanishi, subsidiya asosida asbob-uskunalar olishi, moddiy ahvolini tiklashi, tadbirkorligini boshlash va rivojlantirishi uchun 25 ta yoʻnilishda yordam olishi mumkin.
5-IMTIYOZ:
Yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishi uchun noturar joy ijara xarajatlarining 30 foizi to‘lab beriladi.
Kimlarga beriladi?
– “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlariga;
– “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandlariga.
– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila farzandlariga;
– Yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yoshlarga.
Qancha miqdorda?
Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha.