Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to‘liq qoplab beriladi

27.4.2023 774

“Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab beriladi.

(Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno)

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish