Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

3 yoshgacha farzandi boʻlgan kollej va texnikumlar oʻquvchi-qizlariga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi

24.7.2023 4009

Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

3 yoshgacha farzandi boʻlgan kollej va texnikumlar oʻquvchi-qizlariga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar roʻyxatini tasdiqlaydi;

2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda oʻqiydigan 3 yoshgacha farzandi boʻlgan oʻquvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy taʼlim olish imkoniyatini yaratadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu loyihaga ko'ra kollej va texnikumda 5 ta soha boʻyicha oʻqimoqchi boʻlgan xotin-qizlar grant asosida taʼlim olish imkoniyati ham yaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish