Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

30 million daromad

19.4.2023 1527

Jahongir NAMOZOV, Yoshlar ishlari agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Suxrob TURDIMURODOV - 28 yoshda, dehqon. Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahallada yashaydi.

Murojaat mazmuni:

Dehqonchilik faoliyatini boshlash maqsadida 50 sotix yer so‘rab murojaat qilgan.

Yoshlar yetakchisi Shukur Malikov Suxrobning xonadoniga borib, oilaviy holatini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga tavsiya qilgan.

Oilaviy holati:

– uylangan;

– oilada 9 kishi: ota-onasi, 3 nafar ukasi, tumush o‘rtog‘i, 2 nafar farzandi va o‘zi;

– daromad manbayiga ega emas;

– norasmiy band;

– otasi mehnatga layoqatsiz (II guruh nogironi);

Natija:

– dehqonchilik faoliyatini kengaytirish uchun “Yoshlar daftari”ga kiritilib, subsidiya asosida 50 sotix yer ajratildi;

– o‘zini rasmiy band qilgan;

– dehqon xo‘jaligi orqali poliz ekinlari: tarvuz, qovun, oshqovoq savdosi orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan;

– o‘rtacha yillik daromadi 25-30 million so‘m;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga dehqonchilik ko‘nikmalarini va yerdan daromad topish sirlarini o‘rgatmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish