Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

30 million so‘m daromad

17.5.2023 1517

Zarnigor UBAYDULLAYEVA, Yoshlar ishlari agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Nodiraxon HAMRALIYEVA - 26 yoshda, Farg’ona tumanidagi “Obod” mahallasida yashaydi.

MUROJAAT MAZMUNI:

Go’zallik saloni faoliyatini boshlash maqsadida zarur bo’lgan mehnat qurollarini so’rab murojaat qilgan.

Yoshlar yetakchisi Islomjon Muhammadjonov Nodiraning xonadoniga borib, oilaviy holatini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga tavsiya qilgan.

OILAVIY HOLATI:

– oilada 3 kishi: onasi, 1 nafar opasi va o‘zi;

– onasi mehnatga layoqatsiz, sog‘ligida muammosi bor;

– daromad manbayiga ega emas;

– norasmiy band;

– tadbirkor Liana Kalashyandan hunar sirlarini o‘rgangan.

NATIJA:

– go’zallik saloni faoliyatini boshlash uchun “Yoshlar daftari”ga kiritilib, subsidiya asosida mehnat qurolari ajratildi;

–  tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan;

– o‘zini rasmiy band qilgan;

– o‘rtacha yillik daromadi 20-25 million so‘m;

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish