Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

4 ta ish o‘rni yaratgan

22.2.2023 1346

Zarnigor UBAYDULLAYEVA, Yoshlar ishlari agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Husanjon MIRZAAHMEDOV 21 yoshda, usta. Farg‘ona shahridagi “Jo‘ydam” mahallasida yashaydi.

Murojaat maqsadi:

Plastik eshik va romlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratishni so‘ragan.

Yoshlar yetakchisi Boburmirzo Abdullayev Husanjonning xonadoniga borib, oilaviy holatini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga tavsiya qilgan.

Oilaviy holati:

– bolaligida ota-onasi ajrashgan;

– otasi tashlab ketgan, onasi 2020-yilda vafot etgan;

– xolasining uyida akasi bilan vaqtincha istiqomat qiladi;

– doimiy yashash joyi yo‘q;

– uylanmagan;

– ma’lumoti o‘rta-maxsus;

– daromad manbayiga ega emas;

– norasmiy band;

– oilada yagona boquvchi;

– usta-hunarmand Iskandar Ismoilovdan plastik eshik va rom yasash sirlarini o‘rgangan.

Natija:

– plastik mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashgan katta o‘lchamdagi asbob-uskunalar uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 12 million so‘m imtiyozli kredit olgan;

– o‘zini rasmiy band qilgan;

– plastikdan turli eshik va romlar tayyorlaydi;

– 4 ta ish o‘rni yaratgan;

– o‘rtacha oylik daromadi 4-5 million so‘m;

– 10 nafar shogirdi bor;

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga uskuna dastgohida ishlash va eshik-romlar yasash sirlarini o‘rgatmoqda;

– ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga eshik va romlar narxidan chegirma qilib beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish