Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

4,05 ball yetmagan abituriyentlar diqqatiga!

8.9.2023 926

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, to‘plangan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:  

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;  

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;  

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;  

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar etib belgilandi.  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish