Bu yilgi qabulda abituryentlarga 43 turdagi imtiyozlar beriladi. Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida keltirilgan bu imtiyozlar turli mezonlar bo‘yicha ajratilgan.Ular quyidagilar:
Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar:
- 1. Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;
- 2. Harbiy xizmatchilarning farzandlari;
- 3. Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;
- 4. Bojxona organlari xodimlarining farzandlari;
- 5. Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari;
- 6. Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari;
- 7. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
- 8. “Nihol” mukofoti sohiblari;
- 9. Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari;
- 10. “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
- 11. “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari;
- 12. “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
- 13. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari;
- 14. Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
- 15. Prezident maktablari bitiruvchilar.
Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar:
- 1. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari;
- 2. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari;
- 3. “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari;
- 4. Profilaktika inspektorlari.
Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar:
- 1. Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
- 2. Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar;
- 3. Musiqa, raqs, teatr, folklor, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari;
- 4. “Bolalar sport o‘yinlari”ning respublika bosqichi g‘oliblari;
- 5. Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyentlar.
To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar:
- 1. “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari;
- 2. Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilari.
Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar:
- 1. Olis cho‘l hududlari aholisi;
- 2. Bobotog‘ hududidagi yoshlar;
- 3. Harbiy xizmatchilarning farzandlari;
- 4. Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;
- 5. Bojxona organlari xodimlarining farzandlari;
- 6. Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- 7. Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar;
- 8. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar;
- 9. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari;
- 10. Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;
- 11. O‘rmonchilar va ularning farzandlari;
- 12. Besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar;
- 13. Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar.
Qo‘shimcha Imtiyozlar:
- 1. Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilari;
- 2. Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar;
- 3. Prezident grantiga da’vogar abituriyentlar;
- 4. Hokim yordamchilari.
Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan 3 yil amal qiladigan tavsiyanoma beriladi va ular shu tavsiyanoma asosida alohida kvota doirasida o‘qishga qabul qilinadi.
Bundan tashqari, iqtisod tarmoqlarida ishlayotgan kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan fuqarolar tegishli tavsiyanoma bilan suhbat asosida mos OTMlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ularga 5 yil ishlab berish sharti qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan o‘quv yilida imtiyozlar turi 41tani tashkil etgan edi.