Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Abituriyentlarda biometrik pasport yoki ID-karta boʻlishi kerak

29.5.2023 476

Oliy ta’lim muassasalariga onlayn hujjat topshirish uchun abituriyentlar pasport yoki ID-karta hamda attestat ma’lumotlarini elektron dasturga kiritishi talab etiladi.

Bu hujjatlarsiz elektron ariza topshirib boʻlmaydi.

Arizani biometrik (yashil) pasport bilan ham kiritish mumkin, ikki hujjatdan biri — biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi kerak.

O'tgan yillarda bitirgan va ayni damda biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas. ID-karta bo‘lishi kerakligi haqidagi talab faqat hali pasport olmagan o‘quvchilarga tegishli. Chunki hozir biometrik pasport berilmayapti.

Avvalroq vazirlik maktablarning 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarini tezroq ID-karta olishga chaqirgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish