Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

AGENTLIK HOMIYLIGIDA KITOBIM CHOP ETILDI

24.12.2022 488

Zanjiloy ABDUSALOMOVA, Sirdaryo tumanidagi “Adolat” mahallasi fuqarosi

Yil boshida Sirdaryo tumanidagi “Adolat” mahallasi yoshlar yetakchisi Shohruh Naza­rov xatlov maqsadida xonadonimizga keldi va men bilan suhbat qilib, qaysi sohaga qiziqishim, qanday muammolarga duch kelayot­ganimni so‘radi. Ko‘plab tengdoshlarim qatori mening ham bolalikdan orzum birinchi kito­bimni chop etish edi. Ammo kitob nashr etish uchun mablag‘ topa olmayotgan edik. Buni yoshlar yetakchisiga aytdim.

Yoshlar yetakchisi sheʼrlarimni o‘qib chiqib, meni “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga kiritdi. Bir oyga bormasdan muammoga yechim topil­di. Yoshlar ishlari agentligi homiyligida mening “Oydin orzular” nomli mo‘jaz kitobcham 200 nusxada chop etildi. Kitobimning ilk sahifasi­ni quvonchimga sababchi bo‘lgan insonlarga bag‘ishladim.

Orzusiga erishgan bir yosh sifatida kitobimni chop etishda yaqindan yordam bergan Sirdaryo tumani hokimi Botir Mirzaqulov, Yoshlar ish­lari agentligining tuman bo‘limi rahbari Hasan Baratov, “Adolat” mahallasi yoshlar yetakchi­si Shohruh Nazarovga o‘z minnatdorchiligim­ni bildiraman. Yoshlar ishlari agentligi nafaqat mening, men qatori minglab yoshlarning maqsadlariga erishishiga sababchi bo‘lmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish