Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Agentlik loyihalariga qiziqish juda katta

17.7.2024 2419

Xurshida SHERBEKOVA yozib oldi.

Faxriddin Isayev2023-yilda Jizzax davlat pedagogika unversitetining xorijiy tillar fakultetini tamomlagan. O‘qish davomida fakultetda yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan. Boshqa hududdan farzandi va oilasi bilan shu mahallaga ko‘chib kelgan.

Yetakchining maqsadi shaxsiy rivojlanish, xorijiy tillarni o‘rganish, kitob mutolaa qilish va bu orqali yoshlarga shaxsiy namuna bo‘lish. Yoshlarni doimiy ravishda til o‘rganishga da’vat etadi. Qo‘limdan kelgan yordamni boshqalardan ayamaydi.


Jizzax viloyatining Qozog‘iston bilan chegaradosh tumanlaridan biri Mirzacho‘lning olis mahallalarida yoshlar masalasi bugungi kunda har qachongidan dozarb ahamiyat kasb etmoqda. Tumanning “Do‘stlik” mahallasi yoshlari o‘zgarishlardan mamnun. Boshqa mahalladan kelib, yoshlar yetakchisi sifatida ishlayotgan Faxriddin Isayev mahalla yoshlarining hayotda o‘z o‘rinini topishiga ko‘maklashmoqda. Faxriddinning reja va maqsadlari haqida suhbatlashdik.

Ishga kirganimga 1 yil bo‘ldi. Mahallamizda aholi soni 4410 nafar, xonadonlar 1037 ta, yoshlar 1035 nafarni tashkil qilishi, mening ilk o‘rgangan raqamlarim bo‘ldi, – deydi turli millat va elat vakillari istiqomat qiladigan “Do‘stlik” mahallasi yoshlar yetakchisi Faxriddin Isayev. – Ishimni taqdiri mahalla bilan bog‘liq 1035 nafar yosh ayni kunda nima bilan band ekanini o‘rganib chiqishdan, oldimga qo‘yadigan vazifalarimni belgilab olishdan boshladim. 

Shu paytga qadar, Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qaroriga asosan, 70 dan ortiq yoshni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, davolanish, to‘lov kontrakt, bir martalik moddiy yordam, fuqorolik pasporti olish va boshqa turdagi yordamlar uchun 82 million 770 ming so‘m yo‘naltirildi. 30 nafar yoshga (6 nafari migratsiyadan qaytgan) yer ajratildi. Xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘qitish maqsadida mahalladagi 1230  nafar yosh “Ibrat farzandlari” loyihasida til o‘rganmoqda va ularning 846 nafari til bilish setifikatlarini qo‘lga kiritdi.

Yoshlar ishlari agentligining loyihalariga yoshlarimizda qiziqish juda katta, bu borada viloyatda birinchilikni qo‘ldan bermay kelyapmiz. Mahallada 100 nafar yosh ishtirokida “Ibrat marafoni” tashkil etildi va 5 nafar g‘olibga xorijiy til imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. 650 nafar yosh “Uzchess” ilovasidan foydalanadi. “Mutolaa”, “Ustoz AI” loyihalarida ham yoshlarimiz juda faol. Yil davomida mahalladagi  namuna ko‘rsatgan yoshlarning 150 nafari uchun Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, tuman bo‘limlari va homiylar tomonidan Samarqand shahriga sayohat uyushtirdik. “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida viloyatda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganimiz uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da “Ibrat camp” loyihasi doirasida bir haftalik tadbirlarda ishtirok etib, sertifikatlarni qo‘lga kiritdik.

Mahalla yoshlarining 492 nafari tuman adliya bo‘limiga otaliqqa biriktirilgan. Davlat tashkilotlari biz bilan doimiy hamkorlik qiladi. Jinoyatchilikning oldini olish maqsadida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Mahallam yoshlaridan biri Xurshid Mirzayev  yaqinda jazoni ijro etish muassasidan ozod etildi. Unga hokim yordamchisi ko‘magi bilan 33 million so‘mlik kredit olib berildi. Bu pullarga mebel sexi ochishga ko‘maklashildi. Xurshid hozir uy ro‘zg‘or, oshxona  mebellari ishlab chiqaryapti. 10 nafarga yaqin yoshlar o‘z biznesiga ega – kulolchilik, go‘zallik saloni, sartaroshxona, ishlab chiqarish sexlari ochib, o‘zi va boshqa yoshlarni ish bilan band qildi. Kulol yosh Diyorbek respublika miqyosidagi ko‘rgazmalarda ishtirok etmoqda.

Faoliyat boshlaganimda Diyorbek maktab bitiruvchisi edi. Mahalladagi hokim yordamchisi ko‘magida Farg‘ona viloyatida o‘qitib, o‘z ishini boshlashga ko‘maklashdik va natijada mahallada yangi hunarmandchilik maskani tashkil etildi. Qisqa muddatda xorijiy tillarni o‘rganishni boshlagan yoshlar 846 ta til sertifikatiga ega bo‘ldi. Mahallamiz yoshlari “Besh tashabbus olimpiadasining respublika bosqichida ishtirok etdi. Vaqtini bekorchi ishlarga sarflayotgan yoshlar bilan doimiy shug‘ullanishni oldimizga maqsad qilganmiz. Agar bir kunda bitta yoshning o‘zgarishiga erisha olsak, bu bir yilda 365 nafarni tashkil etadi. Bugunning yoshlari xorijiy tillarni, axborot texnologiyalari va zamonaviy kasblarni o‘rganishi maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish