Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Agrar sohadagi OTM litseyi bitiruvchilari ushbu OTMga test sinovisiz qabul qilinishi mumkin

7.11.2023 227

Talabalar oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakti asosida o‘qiydi. 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qishloq xo‘jaligi vazirining "Agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilarini ushbu oliy ta’lim muassasalariga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida"gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari ushbu oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish parametrlari har yili 10 iyunga qadar agrar sohadagi oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan belgilanadi. Talabalar oliy ta’lim muassasasida to‘lov-kontrakti asosida o‘qiydi. 

O‘qishga qabul qilish suhbat natijalariga ko‘ra, reyting tizimi bo‘yicha to‘plangan ballar asosida amalga oshiriladi.

Ushbu tartib 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarni OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibi akademik litseyni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida oliy ta’lim muassasasiga bir marta kirish uchun tatbiq etilishi mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish