Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

AKMALNING G‘AYRATI

15.8.2022 605

Mashhura NASRIDDINOVA, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Insonda nimadir qilish uchun xohish bo‘lsa, imkon, albatta, topiladi. G‘ijduvon tumanida­gi Nodirabegim nomli mahallada yashovchi 19 yoshli Akmaljon Sheraliyev xohish ortidan im­kon topgan yoshlardan biri.

U hozir Toshkent axborot texnologiyalari uni­versiteti Urganch filialining 2-bosqich talabasi. Bo‘sh vaqtlarida turli maishiy texnika va uy-ro‘zg‘or buyumlarini taʼmirlaydi. Akmal “Yoshlar daftariʼga sartaroshlik qilish niyati borligini bildirib, murojaat qilgan edi. Sartaroshlik yo‘nalishi bo‘yicha 10 kun taʼlim olib, sertifikatga ega bo‘ldi. Keyinchalik Yoshlar ishlari agentligi G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan sartaroshlik qilish uchun kerak bo‘ladigan barcha ji­hozlar subsidiya asosida olib berildi.

Hozir sartaroshxonani taʼmirlash va jihozlash ishlari davom etmoqda. Akmal o‘z hunariga ukasini ham sherik qilib, sartaroshxonani birgalikda yuri­tamiz, degan fikrlarni aytib o‘tdi. Tengdoshimizning niyatlari katta. Ulardan biri mahallasidagi ishsiz yoshlarni shu hunarga qiziqtirib, ularning kelajagi uchun o‘z hissasini qo‘shishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish