Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

ALDAMOQ SO‘ZI HAQIDA

7.11.2024 359

Aldamoq” fe’lining o‘zagi “al” bo‘lib, qadimgi turkiy tilda hiyla, firib, makr degan ma’nolarni bildirgan.

“-da” qo‘shimchasining asli “-la”dir. Ya’ni u aslida “alla” – “makr qil”, “firib qil” degani. Samarqand qishloq shevalarida bu kalima hamon saqlanib qolgan. “Falonchi alladi”, “U allamchi ekan” deydilar.

Mening fikrimcha, “allamoq” – adabiy tilimizga qozoq va qirg‘iz tillari ta’sirida “aldamoq” shaklida qabul qilingan. Chunki bu tillarda odatda “l” tovushi ketma-ket kelmaydi. Masalan, mulla – мўлда (qozoqcha va qirg‘izcha), qo‘llar – кőлдер (qirg‘izcha), ovullar – aуылдaр (qozoqcha).

O‘zbek tilining janubiy shevalarida nisholda shirinligi nisholla deyiladi. Qozoq va qirg‘iz og‘ayinlar bilan yonma-yon yashab kelgan yurtdoshlarimiz uni nisholda deb atashgan va adabiy tilga shu variantni kiritib qo‘yishgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish