Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“AMIR TEMUR JANGOVAR BAYROGʻI” JIZZAXDA TANTANALI KUTIB OLINDI

18.1.2023 187

Ziyovuddin KARIMOV, Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi matbuot kotibi

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” Markaziy harbiy okrugiga topshirilgan edi. Ushbu jangovar bayroq Markaziy harbiy okrug hududining boshlanishi boʻlgan Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanida okrug qoʻmondonligi, viloyat va tuman sektor rahbarlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat va tuman boʻlimlari hamda yoshlar ishtirokida tantanali kutib olindi.

 “Amir Temur jangovar bayrogʻi” mukofoti nafaqat Markaziy harbiy okrug, balki Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarining ham yuksak yutugʻi boʻldi. Oʻtgan vaqt davomida harbiy qismlarda harbiy xizmatchilarning jangovar va intellektual salohiyati yuksaltirildi. Ular va oila aʼzolariga munosib sharoit yaratildi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy armiyamizga qiziqishini oshirishda muhim qadamlar tashlandi.

Davlatimiz rahbari ushbu bayroqni topshirish jarayoni har bir oʻgʻil-qiz uchun gʻurur va iftixor bagʻishlashini taʼkidlab, buyuk ajdodlarimiz kabi mard va jasur boʻlishga undashini aytib oʻtgan edi. Jizzax viloyatiga kirib kelgan jangovar bayroq Doʻstlik, Paxtakor, Sharof Rashidov tumanlari hamda Jizzax shahar aholi va yoshlariga namoyish etildi.

Tadbirda soʻz olganlar jangovar bayroqning ahamiyati va uning zamirida yotgan mehnatning samarasi yod etilib, yoshlarni shu yurtning tinchligi va ravnaqi yoʻlida doimo daxldor boʻlishlariga undashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish