Unda Toshkent viloyati prokurori Sirojiddin Eshquvvatov, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i Tohir Aripov, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov hamda idora, tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, ko‘zda tutilgan reja va natijalar xususida so‘z yuritildi.
Muloqotda davomida yoshlarning ilm-fan, madaniyat va sport, tadbirkorlik, bandlik va taʼlim sohasiga oid murojaatlari, takliflari tinglandi.
Hududlar bo‘ylab tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari, tanlovlarning yoshlar hayotidagi o‘rini yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarning kundalik ish faoliyatida uchrayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi.
Yoshlar uchun harbiy qismda mehnat yarmarkasi, sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi hamda yoshlar uchun qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish qilindi.
Harbiylar oshxonasida esa yoshlar askarlar bilan birgalikda tushlik qildi.
Uchrashuv so‘ngida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan o‘g‘il-qizlarni bandligini taʼminlashga ko‘maklashish maqsadida subsidiya asosida kompyuter va tikuv mashinalari topshirildi.