Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Omon qolmoqchimisiz, ko'chada yurmang!

19.1.2024 461

Yoshlar ovozi

Avtohalokatlar raqamlarda

2021-yilda:

10 mingdan ortiq — yo‘l-transport hodisasi

2 ming 426 nafar inson — halok bo‘lgan,

9 ming 230 nafar inson — tan jarohati olgan.

2022-yilda:

9 ming 902 — yo‘l-transport hodisasi 

2 ming 356 nafar inson — halok bo‘lgan

9 ming 606 nafar inson — tan jarohati olgan.

2023 yilning 11 oyida:

8 ming 693 — yo‘l-transport hodisasi ,

2 ming 80 nafar inson — halok bo‘lgan,

8 ming 55 nafar inson — tan jarohati olgan.

Mast holda transport vositasini boshqarish bilan bog‘liq:

2020-yilda — 25 ming 35 ta;

2021-yilda 40 ming 542 ta;

2022-yilda 47 ming 365 t;

2023-yilda 41 ming 866 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

❗️ Achinarlisi, faqatgina 2023-yilda qariyb 6 ming nafar haydovchi mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandan so‘ng takroran transport vositasini mast holatda boshqargani aniqlangan.

Mast holda transport vositasini boshqarish oqibatida 2020-2023-yillarda qariyb 500 ga yaqin yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan va buning oqibatida ushbu davrda 271 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

18 ming haydovchi bir yilda 100 martadan ko'p qoidabuzarlik sodir etgan

2023-yilda faqatgina foto va video qurilmalari yordamida qariyb 13 millionga yaqin yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlangan bo‘lsa, ularning 3 million 350 mingtasi bitta transport vositasi haydovchisi tomonidan 4 tagacha, qariyb 3 millionga yaqini esa 5 tadan 10 tagacha, 1 million 700 mingtasi 11 tadan 20 tagacha, 187 mingtasi 31 tadan 40 tagacha, 87 mingtasi 51 tadan 100 tagacha, e’tibor bering 18 mingtasi 100 tadan ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligini sodir etgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish