Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Axborot kodeksi yuzasidan takliflar inobatga olinib, loyiha xalqaro tashkilotlarga o'rganish uchun yuboriladi – AOKA

20.1.2023 231

Muxbirimiz

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining ma'lum qilishicha, jamoatchilikning 100 ga yaqin taklif va e'tirozlari o'rganilgan holda Axborot kodeksi loyihasining tegishli joylari qayta ishlanadi. Shuningdek, Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasidan o'tgach, kelishilgan loyiha matni YEXHT kabi xalqaro tashkilotlarga o'rganish uchun yetkaziladi.

2022-yilning 14/29-dekabr kunlari jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingan Axborot kodeksi loyihasi yuzasidan jurnalist va blogerlar, faollar tomonidan 80 ga yaqin taklif va mulohazalar bildirildi. AOKAning bildirishicha, mazkur taklif va e'tirozlarning har biri o'rganilgan holda loyihaning tegishli joylari qayta ishlanadi hamda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o'tkazish uchun qayta kiritiladi.

Shuningdek, 2023-yil mart-aprel oylariga qadar Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o'tkazilgan hamda kelishilgan loyiha matni YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi hamda OAV masalalari bo'yicha vakili kabi xalqaro ekspertlarga o'rganish uchun yetkaziladi.

May-iyun oylarida xalqaro tashkilotlarning takliflari asosida tayyorlangan kodeks loyihasi OAV vakillari va jurnalistlar ishtirokida davra suhbatida shaklida muhokama o'tkaziladi.

AOKAning qo'shimcha qilishicha, Axborot kodeksi loyihasi Oliy Majlisga kiritilgach, Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o'qishda qabul qilinsa, loyiha matni quyi palataning rasmiy saytida e'lon qilinishi kerak. Bunday tartib «Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to'g'risida»gi qonunning 15-moddasida hamda Quyi palata reglamentining 142-moddalarida mustahkamlangan.

Ma'lumot uchun, muhokamaga chiqarilgan Axborot kodeksi 131 moddadan iborat bo'lib, sohaga doir 8 ta qonunni unifikatsiya qiladi. Muhokamaga qo'yilgan Axborot kodeksi loyihasida senzura qilish, axborotni yashirish va OAVni jazolash uchun «lazeykalar» bor. Shuningdek, jurnalistlarning nafaqat parlament, balki hukumat yig'ilishlariga ham erkin kirishi, OAVning dronlardan foydalanishiga ruxsat berilishi kabi yangiliklar ham yo'q emas.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish