Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Afsuski, bizda maʼnaviy va professional jihatdan sogʻlom boʻlmagan ziyolilar bor - Narzulla Joʻrayev

28.3.2024 77

Yoshlar ovozi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati tomonidan “Ustoz” loyihasi tashkil etildi. Uning navbatdagi mehmoni siyosatshunos Narzulla Joʻrayev boʻldi.

Tarixchi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan mavzularga toʻxtalib oʻtdi. Unga koʻra, aholining koʻpayishi normal holat. Bu millat davom etishidan signaldir.

Ayrim olimlar Yevropa sivilizatsiya tugadi degan qarashlarni ilgari surishyapti. Bunga asosiy sabab odob-axloq bilan bogʻliq. Bizda esa hamon ularga havas qilayotganlar bor.

Yaxshi hamki bizda aholi koʻpayyapti. Buni normal holat deb hisoblayman. Aksariyat shaxslar buni kamaytirishga chaqiriqlar bilan chiqyapti. Axir bu millat davom etishining bir omili-ku. Faqatgina biz yoshlarga toʻgʻri tarbiya berishimiz va ularga toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishimiz kerak. Bunga davlat ziyolilarga suyana olishi lozim.

Afsuski, bizda maʼnaviy va professional jihatdan sogʻlom boʻlmagan ziyolilar ham bor. Axir fanni va jamiyatni rivojlantirish ziyolilar qoʻlida. Agar ziyolilar axloqsiz va bilimsiz boʻlsa bu millatning fojiasidir”, deydi Narzulla Joʻrayev.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish