Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Barakalla, yetakchi!

29.3.2023 571

Iqbol PARDAYEVA, “Yoshlar ovozi” muxbiri

22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida 4 nafar mahalladagi yoshlar yetakchisi ham bor.


Kelajak bunyodkori

Mukofotlanganlardan yana biri – Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Katta qishloq” mahallasi yoshlar yetakchisi Ziyodulla Qurbonov. U “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Ziyodulla QURBONOV, Jomboy tumanidagi “Katta qishloq” mahallasi yoshlar yetakchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi:

– Yoshlar yetakchisi sifatida ish boshlagan kunimdan yoshlarga nima zarurligini, qiziqishlarini oʻrgandim. Koʻpchilik yoshlar mahallada sport maydonchasi, sport toʻgaraklari tashkil etish kerakligini aytishdi. So‘ng mahallamiz hududidagi 22-maktabda milliy kurash toʻgaragini tashkil qildim. Toʻgarakda 200 nafar yosh qatnashmoqda. Har oy, chorak yakunida mahalla yoshlari oʻrtasida turnirlar tashkil etamiz.

Mahallamiz qizlari uchun 2-kasb-hunar maktabida tikuvchilik, uy hamshirasi, goʻzallik saloni yoʻnilishlarida toʻgaraklar faoliyatini yo‘lga qo‘ydik. Hozirga qadar 50 nafarga yaqin qizlarimiz mazkur markazlarni tamomlab, sertifikatga ega boʻldi.

Mahallamizda sport maydonchasi qurish uchun hunarmandchilik va temirchilik sohasidan xabardor boʻlgan ishsiz yoshga payvandlash uskunasini subsidiya asosida ajratib berdik. U mahalladagi barcha koʻchalarga kichik Street workout maydonchalari qurib bermoqda. Shu tarzda mahallamiz yoshlari orzulari roʻyobga chiqmoqda.

Menga berilgan mukofot mahallamiz yoshlarining orzusini ro‘yobga chiqarish uchun motivatsiya boʻldi. Bundan, ayniqsa, ota-onam xursand bo‘ldi. Men uchun eng katta baxt, ota-onam men bilan faxrlanishidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish