Ijtimoiy milliy himoya agentligi sanatoriylarga yo‘llanma beriladigan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bir yilda bir marotaba — navbat asosida:
urushda nogironlikni orttirgan shaxslarga tenglashtirilgan fuqarolar;
Respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga;
Ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironligi bor shaxsni kuzatib boruvchi fuqaroga;
Uch yilda bir marotaba — navbat asosida:
yoshga doir pensiya oluvchilarga.
Ma’lumot uchun, respublika bo‘ylab Agentlik tasarrufidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarni qabul qilishning bir vaqtdagi qabul quvvati 1722 nafar, yillik quvvati 51 660 nafarni tashkil etadi.
Bugungi kunda sanatoriyga yo‘llanma uchun navbatda turgan shaxslar umumiy soni 352 000 dan ziyod.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 930,4 ming nafarga yetib, aholi sonidagi ulushi 10,7 foizni tashkil qilgan. Bu 2023 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan 164,7 ming nafar (4,4 foiz)ga ko‘p deganidir.