Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

BEPUL TAKSILAR FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

19.1.2023 247

Muhammad TUGALOV, O‘zJOKU talabasi

Ayni kunlarda yurtimizda anomal sovuq o‘z hukmini o‘rnatgan. Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda anomal sovuq kunlari aholining uzog‘ini yaqin qilish uchun bepul taksilar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Savobli ish” nomini olgan ushbu xayriya aksiyasi Qoraqalpog‘istonning barcha hududlarida birdek amalga oshirilmoqda. Aksiyaning dastlabki kunida yoshlar yetakchilari hamda agentlikning hududiy bo‘linmalari xodimlari 120 dan ortiq mashinalarni jam qilgan bo‘lsa, ikkinchi kuni Nukus shahrining o‘zida 50 dan oshdi. Aksiyada katta tadbirkorlar, shaxsiy mashinaga ega yoshlar ham qatnashmoqda. Tashkilotchilarning aytishicha, aksiya anomal sovuq tugagach ham davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish