Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

"Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumiga tayyorgarlik

9.2.2025 1193

Oqqoʻrgʻon tumanida Sport vazirligi Ommaviy sportni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Sherzod Olimov, Oqqoʻrgʻon tumani hokimi oʻrinbosari Jahongir Joniqulov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi Nodir Xojiyev hamda Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshligʻi Rustam Boboqulov ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsum loyihalarini targ‘ib qilish va o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminari boʻlib oʻtdi.

Muloqot avvalida mazkur musobaqalarda oʻtgan yili yaxshi natijalarni qoʻlga kiritgan yoshlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

"Ishga marhamat" monomarkazida boʻlib oʻtayotgan seminarda agentlikning barcha tuman va shahari boʻlimi masʼullari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Bu kabi muloqot va uchrashuvlar  “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumini muvaffaqiyatli tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish