Bir ozdan so‘ng quyosh butun hashamati bilan charaqlab chiqishi kerak. Ha chiqadi ham… Aprel… Yaxshi oy…. Yangilanish, yasharish oyi… Vaholanki, quyoshining tafti ham o‘zgacha nurli. Baland bo‘lmagan uch qavatli g‘ishtin binoning yuqori qavatida ona bola yolg‘iz yashaydi. U hali kichkina yetti yoshda, yosh bo‘lishiga qaramay orzulari ham quyoshdek porloq. Mushtdekkina yuragi quvonchga to‘lgan, onasining "o‘g‘lim maktabga chiqadi bu yil" degan so‘zlarini eshitganidan so‘ng. Har kuni qo‘shni o‘rtog‘i bilan shomgacha suhbatlashishadi:
- O‘rtoq men maktabga boraman, yangi kiyimlar ham oldik. Ilk maktabga kelgan o‘quvchilarga sovg‘alar ham ulashishar ekan!
O‘rtog‘i unga havas ko‘zi bilan qarab qo‘ydi, o‘zi maktabga borishi haqida o‘ylab ko‘rmagan, qolaversa ayasi hali maktabga borishingga olti oy bor kiiymlaring kichkina bo‘lib qoladi, sen o‘sadigan yoshdasan degan so‘zlari uchunmi? Xullas maktabga borish katta ish emasdek!
Shu alpozda soatlar, kunlar o‘taverdi. Bolalar bayramiga unga ko‘p sovg‘alar tushdi. Eng eʼtiborlisi kichkinagina olma shaklidagi soat bo‘ldi. Shu ondayoq vaqtiga to‘g‘rilab o‘z xonasiga joylashtirdi. Soatning chiq-chiq ovozi bilan uxlaydi va shu ovoz bilan uyg‘onadi. Yozishni o‘rganadi, kiyimlarini kiyib ko‘rib yurishni o‘rganadi va yana yechadi. Silliqqina qilib kichkina qo‘llari bilan taxlab qo‘yadi. Kutadi… Soniyalar o‘tishi qiyin. Maktabda birinchi qo‘ng‘iroqni chaladi, sinfxonada chopib o‘ynaydi va yaxshi baholar oladi…. Hammasi tasavvurda.
Kel avgust, kelaqol avgustjon! Buyog‘iga oz qoldi. Albatta maktabga chiqaman. O‘ziga-o‘zi sig‘maydi… Uzoqdan maktab hovlisini kuzatib keladi…
Shunday intizor kutilgan oylar, kunlar orasida kutilmagan mehmon paydo bo‘ldi. Hamisha ham shu atrofda yuradigan bu mehmon aynan uch qavatli binoning yuqori qavatiga taklifsiz kirib keldi. Yo‘lida uchragan kimsaga rahm-shafqat qilmaydi o‘z iskanjasiga olib ketadi. Yo‘q bu mehmonni siz ham siylamaysiz. Negaki hali mittigina,o‘zi nimjon, orzulari osmon bu bolakayni o‘ziga raqib qilib tanlaganini ne deb atash mumkin.? Shubhasiz shunday qildi ajal iskanjasida qoldirdi “oqqon”deb atalmish nomi o‘zidan sovuq bu dard….
U kichkinagina deraza oynasidan, shovqin shahar tamon nigohini tikkancha jim yotar edi.
Ona uchun bu qanchalar og‘ir…
- Aya, maktabga borishimga oz qoldi? Sanoqli kunlar… Tezroq kelaqolsa… Kiyimlarim o‘zimga yarashadi… Siz bilan birga boramiz…. Jajji yuzlari kun sayin so‘lib borayotgan bu bolakayga onasi tassalli beradi…
- Ha bolajonim, sen maktabga chiqasan!
Erta tong maktabda ilk qo‘ng‘iroqlar ovozi eshitildi.
- Ana qo‘ng‘iroqlar chalinyapti, meni ham maktabga olib boring aya!
-Hozir o‘g‘lim, hozir…. Shosha-pisha kiyimlarini olib kelish uchun nargi xonaga yugurgiladi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmadi… Haligi mehmon raqibi ustidan g‘alaba qozondi…
O‘rtog‘i ertasiga uning oyoq kiyimini maktabga olib bordi… Ustoz bu yerda o‘rtog‘im o‘tirishi kerak. Sovg‘alarini ham menga bering o‘zim olib boraman unga! U xursand bo‘ladi!