Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“BIZNING YOSH IJODKORLAR”. RANGLAR JILOSI

25.8.2022 626

Loyiha muallifi: Shahribonu RAHMATOVA.

Eʼtibor berganmisiz, yosh ijodkorlarning ismi yonida “umidli” so‘zi qo‘llaniladi. Sababi yoshlar har bir sohaning ertasi, bunyodkori, yaʼni umidi sanaladi. Shunday ijodkorlarimizdan biri Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dastgohli rangtasvir yo‘nalishi talabasi Farrux Mamadiyorov. U o‘zbek milliy tasviriy sanʼatining rangtasvir yo‘nalishida samarali ijod qilib kelmoqda. 19 yoshida “Taassurot” nomli ilk shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil qilgan. Tasviriy sanʼat yo‘nalishida bir qator respublika va xalqaro tanlov hamda festivallarda ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olgan.

Farrux chizgan suratlarni tomosha qilar ekansiz, ranglar, detallar uyg‘unligi o‘ziga rom qilib qo‘yadi, soatlab kuzatsangiz ham yonidan ketgingiz kelmaydi. Rassom o‘zining eng sevimli asarlaridan biri “Xivalik qiz” surati haqida shunday deydi:

– Xorazmshohlar davlati tarixi bu asarni yaratishda ilhom bergan. Xiva shahrining butun go‘zalligini bir asarda jamlashga harakat qildim. Suratda subhidam vaqti shahar chiroyidan sarmast turgan Xorazm qizi tasvirlangan. Bu asar ijodkorga omad va yutuqlar olib kelgan. Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “Jahon merosi o‘zbekistonlik yosh ijodkorlar nigohida” mavzusidagi ijodiy asarlar tanlovida Gran-pri sohibi bo‘lgan. Hozir “Xivalik qiz” jahon ko‘rgazmalari fondidan o‘rin olgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish