Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Bolalarni avtomobilning old o‘rindig‘ida olib yurish taqiqlanadi

18.9.2023 812

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, quyidagi hollarda odamlarni tashish taqiqlanadi:

  • bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
  • transport vositasining kabinasidan tashqarida (odam tashish uchun mo‘ljallangan bortli yuk yoki furgon-yuk xonali avtomobillar bundan mustasno);
  • traktorlar va boshqa o‘ziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk motosikllari yukxonasida;
  • motosikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;
  • 12 yoshga to‘lmagan bolalarni motosiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida;
  • odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda.

Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan ruxsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish