Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“BOOK CAFE”

12.7.2023 4240

Feruza TOSHPOʻLATOVA, Fargʻona shahridagi “Huvaydo” mahallasi yoshlar yetakchisi

– Yoshlarni kitob oʻqishga qiziqtirish ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishning eng samarali usuli. Shu bois mahallamizda kutubxona qurishni xohlardim. Biroq shunchaki kutubxona tashkil etish bilan yoshlarni kitob oʻqitishga qiziqtirib bo‘lmasligini ham anglardim.

Bir kuni tadbirkor Shohjahon Boyqoʻziyevning yoshlar uchun o‘tkazayotgan biznes treningida Farruxbek Usmonov dorixona ochish niyati borligini aytdi. Men unga noodatiy kutubxona ochishni taklif qildim. Biznes trener ham mahallada “Book cafe” ochsa, yaxshi daromad olishi mumkinligini tushuntirdi. Shu bilan “Book cafe” ochishga kirishib ketdik.

Buning uchun shahar hokimligidan yer ajratildi. Qisqa vaqt ichida yengil konstruksiyali mahsulotlardan “Book cafe” qurib bitkazildi. Kutubxonaga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2000 nusxa kitob sovgʻa qilindi. Noodatiy kutubxona ishga tushgach, ikki nafar yosh ishga olindi va bu yerda mahallamiz yoshlari bepul kitob oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi. “Book cafe”da WI-FIdan bepul foydalanib, dars tayyorlash imkoniyati ham yaratilgan. Hozir bu yer yoshlarning eng sevimli maskaniga aylandi. Farruxbek qoʻshni mahallada ham shunday “Book cafe” ochish niyatida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish